Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX ayollarni fahsh ishga majburlagan shaxsni ushladi

DXX ayollarni fahsh ishga majburlagan shaxsni ushladi

DXX Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida joylashgan «Do‘stlik» xalqaro nazorat o‘tkazish maskanida Namangan shahrida yashovchi ayol N.N. o‘zining 2 nafar tanishini Turkiya davlatiga fohishalik qilish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, 1987-y.t. N.N. joriy yilning mart oyida Turkiya davlatidan doimiy yashash manziliga qaytib kelgach, 1990 va 1993 y.t. ikki nafar tanish ayollarini Istanbul shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib, mo‘may pul topishga qiziqtiradi.

So‘ngra Turkiyaga Qirg‘iziston orqali ketishlarini aytib, ularga o‘z hisobidan Bishkek-Istanbul aviareysiga chiptalar xarid qiladi, shuningdek, viza hamda chet elga chiqish pasportlari uchun to‘lovlarni ham amalga oshiradi.

Bu bilan ularni o‘ziga moddiy jihatdan qaram qilib, manzilga yetib borganlaridan keyin bir oy davomida fohishalik qilish orqali sarflangan yo‘l xarajatlarini qoplashlarini hamda har oyda ishlab topgan pullarining 30 foizini berishlarini talab qiladi.

Ta’kidlanishicha, N.N. Turkiyada bo‘lgan davrida O‘zbekistondan olib borilgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab kelgan.

Hozirda N.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring