Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutda uch aka-uka qo‘lga olindi

Urgutda uch aka-uka qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami 111 kg. narkotik modda musodara qilindi.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Panjikent tumanidan aylanma yo‘llar orqali 10 kg. 894 gr. «opiy» moddasini Urgut tumani hududiga olib kelgan Tojikiston fuqarolari – 1980, 1982, 1989 yillarda tug‘ilgan 3 nafar aka-uka qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sherigi bo‘lgan, Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1982 y.t. ayol ham ushlanib, uning yashash xonadonida saqlanayotgan 13 kg. 85 gr. «opiy» moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Boshqa holatda esa, «o‘zbek-tojik» davlat chegarasining Toshkent viloyati Bekobod tumani «Turon» MFY hududidan o‘tuvchi qismida olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Mastchox tumanidan Bekobod tumaniga oqib o‘tuvchi Dalvarzin kanali orqali oqizib yuborilgan 3 dona yelim idishdagi jami 8 kg. 381 gr. «opiy» va 59 kg. 296 gr. «gashish» moddalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik vositalarini qabul qilib olish maqsadida chegara hududiga kelgan vaqtlarida Bekobod shahri va tumanida istiqomat qiluvchi, 1985, 1989, 1996 va 1997 yillarda tug‘ilgan 4 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ta’kidlash lozimki, ulardan 2 nafari muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.  

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.  

Bekobod tumanida qayd etilgan yana bir holatda, «o‘zbek-tojik» davlat chegarasidan taxminan 400-500 metr uzoqlikdagi dala maydonida muqaddam noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 1 dona sport sumkasi ichida 3 kg.  942 gr. «opiy» va 15 kg. 473 gr. «gashish» moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.  

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, giyohvandlik vositalarini qoldirib ketgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring