Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota voyaga yetmagan qizini qiynab kelgani aniqlandi

Ota voyaga yetmagan qizini qiynab kelgani aniqlandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizning o‘z ota-onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangani aks etgan videolavha tarqalgandi.

Kuni kecha jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida R. T. (1978 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlangan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Aniqlanishicha, R. T. oxirgi bir yil davomida muttasil ravishda o‘zining 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizini har xil so‘zlar bilan haqoratlab, urib-do‘pposlab, qiynab kelgan.

Sud hukmiga muvofiq R. T. Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ushbu hukmdan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirish mumkinligi ma’lum qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring