Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik fuqaro Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatida qo‘lga olindi.

Politsiya ma’lumot berishicha, qidiruvdagi shaxs Oqto‘ba viloyatining «Jaysan» temiryo‘l o‘tish punktida ushlangan. U giyohvandlik moddalarini noqonuniy olib o‘tganligi uchun Moldova IIV Interpol milliy markaziy byurosi tomonidan qidiruvga berilgani aytilmoqda.

«Gumonlanuvchi 2013-yilda boshqa shaxslar bilan birgalikda narkotik moddalarni xalqaro yetkazib berishni tashkil qilgan. U Moldovaga kirmoqchi bo‘lganida yonidan 46 gramm geroin chiqqan», — deyiladi politsiya bayonotida.

Qo‘lga olingan shaxs vaqtincha saqlash izolyatorida ushlab turilibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas