Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat boshqaruvidagi TOP-40 rahbar ayollar reytingi yangilandi (ro‘yxat)

Davlat boshqaruvidagi TOP-40 rahbar ayollar reytingi yangilandi (ro‘yxat)

Foto: «Xabar.uz»

«Yuksalish» umummilliy harakati mutaxassislari Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari va tashkilotlaridagi rahbar ayollar ro‘yxatini yangiladi.

Rahbar ayollarning kuchli qirqtaligiga bir necha nodavlat tuzilmalari vakilalari ham kiritildi. Zero, ular davlat siyosatini shakllantirishda va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etmoqda.

O‘rganish natijalari mamlakatimizda tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlar izchil davom etayotganini, gender tenglik sohasidagi qonunchilik takomillashtirilayotganini, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va mavqei ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetdi. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.

Bundan tashqari, mamlakat Senatini ayol kishi boshqarmoqda. 2021 yilda O‘zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi (deyarli ikki baravar o‘sgan). Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring