Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Kimda-kim viloyat, tuman hokimini Prezidentdan beruxsat tergovga chaqirsa, qamaladi!»

Shavkat Mirziyoyev: «Kimda-kim viloyat, tuman hokimini Prezidentdan beruxsat tergovga chaqirsa, qamaladi!»

Foto: «President.uz»

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada ma’ruza qilgan davlat rahbari, jumladan, shunday degan:

«Janob Boboyev sinovdan o‘tmadi. Men uni ishdan oldim. Amal o‘zi bu sinov. Bugun o‘zim ishongan kadrni olib keldim».

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Manbaning xabar berishicha, shu paytgacha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi G‘ulomjon Ibragimov​ Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan.

O‘zbekiston rahbari kimda-kim Prezidentdan beruxsat viloyat, tuman hokimini tergovga chaqirsa, qamalishini aytgan. Turli tashkilotlarga yangi hokimni g‘iybat va muhokama qilmaslikni buyurgan.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring