Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Energetika vazirligiga qat’iy topshiriq berildi

Energetika vazirligiga qat’iy topshiriq berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda hududlardagi sanoat korxonalari, avvalo, energiya resurslari ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratish muhimligi aytib o‘tildi.

Shu munosabat bilan Bosh vazir boshchiligidagi komissiyaga bir oy davomida barcha hududlarga borib:

  • qo‘shimcha ishlab chiqarishni hisobga olgan holda, oyma-oy hududlarning energiya balansini ishlab chiqish;
  • joriy yilda ishga tushadigan loyihalarni birma-bir xatlovdan o‘tkazib, ularga zarur energiya resurslari ajratishni nazarda tutish topshirildi.

Energetika vazirligiga joylarda sanoat korxonalarini oldindan xabardor qilmasdan elektr ta’minotidan uzish amaliyotiga qat’iy chek qo‘yishga topshiriq berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring