Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston YaIMsi 100 milliard dollardan oshgani aytildi

O‘zbekiston YaIMsi 100 milliard dollardan oshgani aytildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda YaIM hajmi 100 mlrd AQSh dollaridan oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Statistika agentligi tomonidan amalga oshirilgan norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalariga ko‘ra, 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi AQSh dollari ekvivalentida 10,7 milliard dollarga qo‘shimcha hisob-kitob qilindi va amaldagi 90,9 milliard dollardan 101,6 milliard dollarga yetdi.

Ushbu baholashlar o‘tkazilgan tanlanma statistika kuzatuvlari natijalari hamda vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlari asosida amalga oshirildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2023 yilda 99,6 trln so‘mni tashkil etdi. Shundan, xizmatlar sohasida – 79,3 trln so‘m, qurilish ishlari sohasida – 8,1 trln so‘m, sanoat tarmog‘ida – 12,3 trln so‘m qo‘shilgan qiymat xajmlari baholandi.

Amalga oshirilgan baholash yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi YaIM hajmi 2023 yilda qo‘shimcha 125,6 trln so‘mga oshdi va jami 1 192,2 trln so‘mni tashkil etdi. Shunga mos ravishda, aholi jon boshiga YaIM hajmi qo‘shimcha 3,4 mln so‘mga oshib, 32,7 mln so‘mga yetdi, deyiladi agentlik xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring