Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda transformer paxta terish mashinasi chiqarilmoqda (foto)

O‘zbekistonda transformer paxta terish mashinasi chiqarilmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 10-sentyabr kuni «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJda CNHI (AQSh) kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan TZST CE 220 paxta terish mashinasi OAV vakillariga namoyish etildi.

Mazkur CE 220 paxta terish mashinasi transformer shaklida ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, kuzgi mavsumda paxta terishga ixtisoslashadi, qolgan vaqtda universal-haydov traktori sifatida foydalanish imkonini beradi.

Ushbu yangi avlod paxta terish mashinasi ish unumdorligi kuniga 20 tonnagacha bo‘lib, 400 nafar terimchi o‘rnini bosa oladi.

Bu mashina O‘zbekistonda to‘liq mahalliylashtirilgan holda ishlab chiqarilmoqda.

Yil oxiriga qadar bunday mashinalardan 550 ta ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Solijon Zoirov,
muallif olgan suratlar

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring