Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jaoboddagi trikotaj korxonasi mahsuloti AQSh, Turkiya, Xitoy va Markaziy Yevropaga eksport qilinadi

Xo‘jaoboddagi trikotaj korxonasi mahsuloti AQSh, Turkiya, Xitoy va Markaziy Yevropaga eksport qilinadi

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanidagi «Nil Granit» MChJ «Samo» brendi ostida kiyim-kechak ishlab chiqaradi. Ushbu brend nafaqat O‘zbekiston, balki Osiyo va Yevropada ham ancha mashhur. Yaqin qo‘shnilardan tortib Polsha, Ukraina, Moldova, Rossiya, Ruminiya va hatto Italiyaga qadar kirib borgan.

«Nil Granit» MChJ 2012 yilda tashkil topgan. Korxona qiymati — 10 million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan loyihani moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankiga murojaat qilgan edi. Bank loyiha uchun 6,10 million dollar miqdorida kredit ajratdi. Korxonaning o‘z mablag‘lari 3,9 million dollardan iborat.

«Nil Granit» korxonasidagi asbob-uskunalar Turkiya, Italiya, Avstriya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan keltirilgan. Hozirgi kunda 61 ta matoni bo‘yash va to‘qish asbob-uskunalari mavjud bo‘lib, 40 ta yangi ishchi o‘rni yaratilgan. Korxonaning rejalashtirilgan yillik ishlab chiqarish quvvati 4 500 tonna mato bo‘yash va gul bosishdan iborat. Yillik eksport hajmi 7,0 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Eskport qilish uchun rejalashtirilgan davlatlar AQSh, Turkiya, Xitoy, Arab va Markaziy Yevropa davlatlaridir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring