Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 million dollar keltirgan ma’ruza

1 million dollar keltirgan ma’ruza

Foto: Xabar.uz

Inson botinida ijtimoiy tafovutlarni bilmaydigan, yengib bo‘lmas to‘siqlar, hal etilmagan muammolardan bexabar kuchlar mavjud. U pastlashgan, quyi va nochor, shu bilan birga boy-badavlat va gullab-yashnagan, hamma tushunadigan darajada ommabopdir. Kim to‘g‘ri tafakkur yuritsa, bu kuchga egalik qiladi. Dadil bo‘ling. Buni o‘zingizdan boshqa hech kim kashf eta olmaydi...

Aqlni egallagan notanish qo‘rquv nimadan iborat? Xuddi qisqa tutashuv kabi birinchi urinishdayoq insonni muvaffaqiyat cho‘qqisiga olib chiqishi mumkin bo‘lgan kuchni kashf etishga o‘xshash narsani chaqiradigan «tilsim» nima o‘zi? Nega aksariyat odamlar o‘z hayotining gipnotik salbiy maromi qurboniga aylanadi, nima uchun ularning qobiliyati o‘z kuchlarining yashirin jihatlaridan mosuvo bo‘ladi?

Barcha daholar ana shu kuch tomon yo‘l topganlar. Buyuk liderlar amerikacha turmush tarzining shakllanishiga hissa qo‘shganlarida xuddi shu yo‘lni bosib o‘tganlar.

Frenk Gonsaules ich-ichidan keluvchi ushbu sirli kuchdan qanday foydalanishni bilardi. Bu bo‘lajak ruhoniy yangi tipdagi kollej yaratishni orzu qilgan. U nimani xohlashini aniq bilar, ammo buning uchun millon dollar talab qilinishi eng katta to‘siq bo‘lib turardi.

Gonsaules o‘z oldiga million dollarga ega bo‘lish vazifasini qo‘ydi. Qat’iy mo‘ljal va maqsadning aniqligi rejasining birinchi bosqichini belgiladi. U o‘ylab-o‘ylab, «Men million dollar bilan nima qilgan bo‘lardim?» degan mavzuda ma’ruza yozdi. Keyin esa Chikago gazetalarida e’lon berib, kelgusi hafta yakshanbasidagi ertalabki ibodatda shu mavzuda ma’ruza o‘qishini ma’lum qildi.

O‘sha kun keldi. Va’z o‘qib bo‘lganidan keyin Gonsaulesning oldiga bir notanish kishi keldi va shunday dedi:

– Menga sizning va’zingiz yoqdi. Marhamat, ofisimga borib, o‘zingizga zarur bo‘lgan bir million dollarni olishingiz mumkin.

Bu notanish kishi «Armur kompani» kompaniyasining asoschisi Filipp Armur edi.

Voqea shu bilan tugadi va uning mohiyati shundaki, hammasini xohish-istak sari burib yuborishga majbur etuvchi kuch asosida IShONCh mavjud edi. Bu shunchaki passiv ishonch bo‘lmay, xatti-harakat bilan mustahkamlangan ishonch edi.

To‘g‘ri anglangan ishonch hamisha faol bo‘ladi, aslo passiv bo‘lmaydi. Passiv ishonchda ishlaydigan motorning kuchidan ziyod kuch yo‘q. Vaholanki, mashina ishlashi uchun uni harakatga keltirish kerak. Faol ishonch qo‘rquv nima ekanligini bilmaydi va o‘zida hech qanday cheklanishlarni qoldirmaydi. O‘lguday ojizlashgan odam ham o‘zidagi ishonch tufayli qo‘llab-quvvatlanib, kuchli va buyuk darajaga yetadi. U kulfat, muvaffaqiyatsizlik va qo‘rquvni nazar-pisand qilmaydi.

Hayot yo‘llari ba’zida odamlarni shunday chorrahaga olib keladiki, ular yo‘l ko‘rsatkichlariga qarab, birida «Ishonch», boshqasida «Qo‘rquv» deb yozilgan qismat bitiklaridan birini tanlashlari kerak bo‘ladi. Ammo odamlar aksar hollarda «Qo‘rquv» yo‘lini tanlaydilar. Nima uchun? Bu tanlov insonning ichki ongli qurilmasidan kelib chiqadi. Yaratgan esa bizga ularni nazorat qilish qobiliyatini ato etgan.

Kimki ishonch yo‘lini tanlagan bo‘lsa, o‘z ongini shunga qarab moslaydi. Ular qachonki tez va dadil qarorlar qabul qilishsa, ana o‘shanda doimiy jarayonda bu ishni amalga oshirishadi. Qo‘rquv yo‘lini tanlaganlar ham shunday harkat qilishadi, chunki ularning ongi tajriba asosida moslashishdan bosh tortadi.

Siz bu sirli kuchni ichingizdan axtaring. Uni topgan paytingizda o‘zingizning haqiqiy «men»ingiz bilan uchrashasiz. Bu sirli kuch shaxsiy «yarmingiz» hisoblanadi. Siz hayotingizdagi har bir tajriba asosidagi modelning takomillashgan turini yaratasizmi, ajoyib kitob yozasizmi yoki yuksak mazmunli ma’ruzalar tayyorlaysizmi, tinchlik-osoyishtalik eshigingizni chertadi va siz obro‘-e’tibor hamda mukofotga ega bo‘lasiz. Kim bo‘lishingiz, ilgari mudom muvaffaqiyatsizlik ta’qib etganidan qat’iy nazar, endi bunday bo‘lmaydi. Sizni muvaffaqiyat kutadi.

(Napoleon Xill kitobidan)

 

 

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring