Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Andijon viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Foto: Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati

Andijon viloyati IIBda rahbar o‘zgardi. Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan polkovnik Shermuhamedov Abdumajid Mavlyanovich Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U ilgari Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Andijon viloyatida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Davlat rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash bilan bog‘liq topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi. 

Hududdagi kriminogen holat tahlili asosida vaziyatni yanada yaxshilash maqsadida yangi tayinlangan rahbar zimmasiga jinoyatchilikni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, fuqarolar roziligini ta’minlash, shuningdek, mavjud muammolarni aniqlab, ularni tizimli hal etishga qaratilgan aniq vazifalar yuklatildi. Shu bilan birga, shahar va tuman IIB rahbarlariga ushbu yo‘nalishlardagi profilaktik va amaliy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi, deyiladi IIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring