Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim mutaxassislarning maoshi oshirildi

Ayrim mutaxassislarning maoshi oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Innovatsion rivojlanish vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3104-2, 2.11.2020-y.) bilan ITMning ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

O‘zgartirishlar Prezidentning 30.12.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4555-son qarorining 7-bandiga muvofiq kiritilmoqda. Ushbu bandga asosan 2020-yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari xodimlarining ish haqi miqdori 1,07 baravarga oshirilgan.

Maoshlar quyidagi miqdorlarda belgilangan:

Lavozim

Bazaviy lavozim maosh miqdorlari (MHEKMda)

Bosh muhandis

6,35

Bosh konstruktor, bosh texnolog

5,63

Yetakchi muxandis, yetakchi konstruktor, yetakchi texnolog

tegishli faoliyat sohasida ish staji mavjud bo‘lganda: 

 

kamida 5 yildan ko‘p bo‘lgan

4,8

kamida 2 yildan 5 yilgacha

4,52

Oliy ma’lumotli mutaxassislar (muhandislar, konstruktorlar, texnologlar)

tegishli faoliyat sohasida ish staji mavjud bo‘lganda:

 

kamida 5 yildan ko‘p bo‘lgan

3,29

kamida 2 yildan 5 yilgacha

3,09

2 yilgacha

2,83

O‘rta ma’lumotli mutaxassislar (muhandislar, konstruktorlar, texnologlar)

tegishli faoliyat sohasida ish staji mavjud bo‘lganda:

 

kamida 5 yildan ko‘p bo‘lgan

2,77

kamida 2 yildan 5 yilgacha

2,6

2 yildan kam

2,4

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.11.2020 yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring