Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Banklar hech qachon o‘ylamaydigan muammo

Banklar hech qachon o‘ylamaydigan muammo

Aql sarosimaga tushganida, aniq-tiniq fikr yuritib bo‘lmaydi. Tajribali odamlar buni yaxshi bilishadi. Ular bezovtalikni aql-farosatlari qo‘rquv va tashvish bilan xafagazak bo‘lmagan boshqa kishilar yordamida bartaraf etadilar.

Buyuk turg‘unlik yillarining boshlarida Jon Koler mening huzurimga bir muammo bilan keldi. U shunchalik bezovta ediki, hatto kasal bo‘lib qolgandi. Muammoning yechimi allaqachon Kolerning kallasida, lekin fikr-o‘ylarini jamlab ololmas, chuqur anglay olmas edi.

Janob Koler Bostondagi poyafzal fabrikasining xo‘jayini edi. Buyuk turg‘unlik yillari boshlangach, u qarz olgan bank ishlab chiqarish uskunalarini Kolerdan olib qo‘ydi. Vaholanki, hali pullar juda zarur edi. Kolerning qarz olish uchun boshqa hech qanday ta’minot qolmadi.

Men janob Kolerga bir nechta oddiy savollar berib, quyidagi haqiqatni bilib oldim: u poyafzal ishlab chiqarish sohasida yigirma yildan ortiq tajribaga ega. Faoliyatining dastlabki davridanoq iste’mol tarmog‘ining muhim korxonalariga ega bo‘lgan. Shu bilan birga u Bostonning eng yirik ibodatxonalaridan birida diniy qo‘shiqlar ijro etar va pirovard natijada oilaviy hayotda baxtiyor edi.

Men bularning barchasini hisob-kitob qilib, Kolerning hayotiy muvaffaqiyatga sazovor ekanligini angladim va unga shunday dedim:

─ Siz yetarli darajada hayotiy qadriyat egasisiz, ular birinchi darajali ahamiyatga ega.

─ Ha, buni bilaman, ─ dedi u. ─ Ammo men xonavayron bo‘ldim.

─ Shu qadar qadr-qimmatga ega inson hech qachon o‘zini xonavayron deb hisoblamasligi kerak, ─ dedim unga. ─ Ular eng yaxshi kafolatlardir.

─ Ammo banklar bunday deb o‘ylamaydi-da.

─ Ha, banklar bunday deb o‘ylamaydi, ─ ta’kidladim men. – Ammo boshqa yo‘llari ham borki, aynan shunday o‘ylaydigan odamlarni topish mumkin. Men sizga bir narsani taklif qilmoqchiman. O‘zingiz bilgan tegishli moliyaviy sarmoyalarga ega va poyafzal savdosi bilan shug‘ullanuvchi, mahsulotingizni xarid qiluvchi o‘n kishini bir joyga yig‘ing. Biznesingizni yana oyoqqa turg‘azish uchun ulardan qarz berib turishlarini iltimos qiling.

Men gapimni tugatar-tugatmas, janob Kolerning ko‘zlaridan sarosima va qo‘rquv ifodalari g‘oyib bo‘ldi. U jilmaydi va yon daftarchasini olib, nimanidir yoza boshladi. So‘ngra menga uzatdi. Unda besh kishining familiyasi yozilgan, ulardan har biri Kolerning mahsulotiga talabgor iste’molchi edi.

─ Mana, ─ dedi u, ─ kaminaga yordam berishga keladigan odamlar ana shular. Ular bir necha yillardan buyon mendan oyoq kiyimi sotib olishadi. Mollarimni bilishadi va menga ham, mahsulotimga ham ishonishadi. Bu odamlardan kerakli moliyaviy yordamni olaman. Poyafzallarga, ya’ni mendan sotib oladigan barcha mollarga katta chegirmalar qo‘yib, ularga taqdim etaman.

Men janob Kolerga bir paytlar Genri Ford o‘zining «Ford-motor» kompaniyasida xuddi shunday harakat dasturini qo‘llaganini aytib berdim. Ha, Ford o‘zining avtomobillarini kim sotib olgan bo‘lsa, ulardan, ya’ni o‘zining diler (mijoz)laridan tegishli aylanma mablag‘ olgan edi.

 ─ Endi hammasi oyday ravshan, ─ dedi janob Koler. ─ Ammo meni xijolatga solgani shuki, nega huzuringizga kelishdan oldin shular haqida o‘zim o‘ylab ko‘rmagan ekanman?

Bu savol boshqalarni, o‘z muammolariga o‘zlari javob topa oladiganlarni ham xijolatga soladi. Ammo ular buni anglash o‘rniga o‘zgalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar.

Janob Koler Bostonga qaytib ketdi.

Oradan yetti oy o‘tgach, men undan maktub oldim. Koler o‘z rejasini qanday amalga oshirganini yozgan edi. Xatga juda chiroyli cho‘ntak soati ilova qilingan va unga quyidagi so‘zlar o‘yib yozilgan edi: «Mening o‘zimga ikkinchi «men»imni tanishtirgan Napoleon Xillga».

Mazkur bitik yuqoridagi voqeaning butun mohiyatini ifoda etardi. Kamina qo‘llagan barcha vositalar janob Kolerni qurshab olgan qo‘rquvdan xalos etdi. Vaholanki, u zarur paytda o‘z oldiga behuda cheklovlar qo‘ygan edi.

O‘ylaymanki, siz, aziz o‘quvchi ham tegishli xulosa chiqardingiz. Bu oldimizdagi shunday kashfiyotki, bizni xushnud etadi. Shu bilan birga, ko‘makka shay sarmoyadorlar ham bergan ko‘maklaridan xursand bo‘ladilar. Axir, eng muhimi ishonch, shunday emasmi?

(Napoleon Xill kitobidan).

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring