Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biz bu yo‘ldan aslo chekinmaymiz — Saida Mirziyoyeva

Biz bu yo‘ldan aslo chekinmaymiz — Saida Mirziyoyeva

Foto: Saida Mirziyoyeva.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyova O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha konferensiya haqida yozdi. 

"Bugun Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida yuqori darajadagi Konferensiya o‘tkazildi. Ushbu tadbirda O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish yo‘lidagi shahdam qadamlari yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Biz iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohalarini takomillashtirish, shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishga qat’iy kirishganmiz. Biz bu yo‘ldan aslo chekinmaymiz, yurtimizning taraqqiyot manzili – aynan shu. 

Bunday maqsadlarga faqat sifatli investitsiyalar va qo‘shimcha qiymat yaratishning global zanjirlariga bog‘lanib erishish mumkin" deya yozadi Mirziyoyeva. 

Uning aytishicha, "JST rahbariyatining bizni bu qadar qo‘llab-quvvatlashi va ishonch bildirishi yuksak bahoga loyiq". 

Eslatib o‘tamiz avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev JST rahbarini qabul qilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring