Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etildi

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etildi

«Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5130-son, 27.05.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etildi.

2022 yil 1 yanvardan mazkur Markaz Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilib, mustaqil faoliyat yuritadi.

2021 yil 1 sentyabrga qadar ushbu yangi barpo etilgan tibbiyot muassasasi negizida 300 o‘rinli zamonaviy Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, suyak ko‘migi o‘zak hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti birinchi bosqichda Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, keyinchalik esa Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida ham joriy etiladi.

2021–2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi bo‘limi negizida Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘limlari tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun Davlat budjetidan 2021 yilda qo‘shimcha 60 mlrd so‘m hamda 2022 yildan boshlab 125 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring