Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bositxonovaning o‘rniga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bositxonovaning o‘rniga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Gulnora Marufova

Gulnora Marufova O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020-yil 3-iyuldagi qaroriga asosan Marufova -Gulnora Mahmudovna O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Gulnora Marufova 1956-yil 26-aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.

2004-yildan 2020-yilning fevral oyiga qadar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, 2020-yilning fevral oyidan shu vaqtga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimda ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shu vaqtga qadar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmira Bositxonova Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaytgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring