Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boyqo‘ng‘irda raketa parvozi O‘zbekiston ob-havosiga ta’sir qiladimi?

Boyqo‘ng‘irda raketa parvozi O‘zbekiston ob-havosiga ta’sir qiladimi?

Foto: Xabar 24

Boyqo‘ng‘irda amalga oshiriladigan raketa parvozlari O‘zbekiston ob-havosiga ta’sir qiladi degan fikrlar anchadan beri mavjud. Ushbu fikr tarafdorlari ob-havo o‘zgarishlari raketa parvozlari bilan to‘g‘ri kelgani to‘g‘risida ko‘p misollar keltirishlari mumkin, biroq hech qanday parvoz bo‘lmasada, ob-havo keskin o‘zgargani, yoki, aksincha, raketa parvozlari meteorologik vaziyatga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagani to‘g‘risida indamaydilar. Bu haqda «O‘zgidromet»ning telegram-kanalida ma’lumot berildi.

Shubhasiz, raketa-kosmik texnikadan foydalanish tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatadi va insoniyat oldiga ana shu ta’sirni o‘rganish bo‘yicha ma’lum vazifalarni qo‘yadi. Ekologlar, biologlar, tibbiyot xodimlari o‘z sohalari bo‘yicha muammoni o‘rganmoqdalar. Ayniqsa raketa qismlari yerga tushadigan hududlarda ko‘p tadqiqotlar o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar kosmik faoliyatning atrof muhitga sezilarli salbiy ta’sirini aniqlamadi. Shunday bo‘lsada, bu borada aniq bir xulosa qilish uchun materiallar yetarli emas.

Biroq olimlar ob-havo sharoitlarining shakllanishi uchun «javobgar» bo‘lgan global atmosfera jarayonlariga, shuningdek iqlim o‘zgarishlariga raketa tashuvchilar parvozi ta’sir ko‘rsatmasligi to‘g‘risida yakdildir. Faqat bulutlar, tuman, muzliklar yoki qor qoplamiga sun’iy ta’sir etish maqsadida amalga oshiriladigan parvozlar bundan mustasno.

Raketalar parvozining atmosferaga ta’sir etish ko‘lamini ob-havo o‘zgarishlariga sabab bo‘ladigan sinoptik ob’yektlar ko‘lami bilan solishtirib bo‘lmaydi. Agar kosmik parvozlarni ob-havo nuqtai nazaridan muhokama qiladigan bo‘lsak, bunda avvalambor sun’iy yo‘ldoshlar yordamida olinadigan bebaho meteorologik ma’lumot to‘g‘risida gapirish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring