Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun «Tashkent city»ga kirish cheklanadi

Bugun «Tashkent city»ga kirish cheklanadi

«Tashkent city» hududidagi bog‘ bugun, 21-oktyabr kuni soat 14:00 gacha xizmat ko‘rsatishi, soat 14:00 dan 20:00 gacha bog‘da sanitariya va profilaktika ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev «Tashkent city» xalq uchun rasman ochilgani haqida videomurojaat qilganidan so‘ng bog‘ga ko‘plab hamyurtlarimiz tashrif buyurayotgan edi.

Shuningdek, Tashkent city kompleksi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari atrofidagi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 21-oktyabr kunidan yuk og‘irligi besh tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari uchun cheklov o‘rnatilmoqda.

Cheklov Islom Karimov ko‘chasining Olmazor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 6 oy muddat davomida amal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring