Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan moratoriy kuchga kirdi

Bugundan moratoriy kuchga kirdi

Foto: «Xabar.uz»

2024 yil 1 maydan boshlab Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 17 yanvardagi «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 14-sonli farmonida nazarda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yuqoridagi daryo hududlariga tushish, o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish, qum-shag‘al qazib olish taqiqlanadi. Shuningdek, bu daryolarga shartnoma va litsenziyalarni rasmiylashtirish mumkin emas.  Moratoriy e’lon qilingan hududlarda qum-shag‘al qazib olayotgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati endi tog‘li yoki tog‘oldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalariga yo‘naltiriladi.

Moratoriy davrida qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

Ekologiya vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olishga qarshi doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qat’iy jazolanadi, deya eslatmoqda vazirlik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring