Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Toshkent shahrida 1 485 ta mahalla kunning ma’lum bir vaqtida elektr ta’minotisiz qolgan

Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Toshkent shahrida 1 485 ta mahalla kunning ma’lum bir vaqtida elektr ta’minotisiz qolgan

Prezident administratsiyasi rahbari bugungi yig‘ilishda ko‘plab muammolarni sanab o‘tdi.

«Bizga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, «O‘ztransgaz»ga qarashli kompressor stansiyalarida ham jiddiy kamchiliklar mavjud. Jami 37 ta agregatdan 21 tasi ta’mirtalab.

Jo‘rabek Tursunpo‘latovich (Energetika vaziri), Bekzod Rahmatullayevich («O‘ztransgaz» rahbari) barcha agregatlar zudlik bilan ishchi holatiga keltirilishi zarur. Nosoz agregatlar boshqa qurilmalar zo‘riqish bilan ishlashiga olib kelib, texnik nosozliklar kelib chiqishiga va iste’molchilarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash imkonini yo‘qqa chiqaradi», — dedi u.

Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Toshkent shahrida 1 485 ta mahalla kunning ma’lum bir vaqtida elektr ta’minotisiz qolgan.

Ulug‘bek Mavlonovich («O‘zbekenergo» AJ raisi) respublika hududlarida avariyalarni bartaraf qilish bo‘yicha brigadalar sonini ko‘paytirish va avariyalarni to‘liq bartaraf etish choralarini ko‘rsin», — dedi administratsiya rahbari.

Ko‘mir yetkazib berish ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala (20 foiz) va Qarshi (38 foiz) tumanlarida hamda Navoiy viloyatining Karmana tumanida (22 foiz) ancha past darajada qolmoqda.

«Sherzod Xo‘jayev (Energetika vaziri o‘rinbosari), Erkin Yakubov («O‘zbekko‘mir» AJ bosh direktori o‘rinbosari), Husniddin Hosilov («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi) ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha tasdiqlangan yetkazib berish grafigi ijrosini qat’iy ta’minlasin», — deya topshiriq berdi Sardor Umurzoqov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring