Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diyora, Ulug‘bek va Svetlanaga ofitserlik unvonlar berildi

Diyora, Ulug‘bek va Svetlanaga ofitserlik unvonlar berildi

«Parij-2024» Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning murabbiylarini taqdirlandi.

-52 kg vazn toifasida dzyudo sporti bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi tarixida ilk oltin medal sohibasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi leytenant Diyora Keldiyorovaga muddatidan oldin navbatdagi «katta leytenant» harbiy unvoni topshirildi. Shuningdek, u «To‘maris» ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlandi.

-68 kg vazn toifasida taekvondo sporti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tarixida ilk ikki karra Olimpiada oltin medal sohibi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sportchisi kichik serjant Ulug‘bek Rashitov boshlang‘ich ofitserlik «leytenant» harbiy unvoni bilan taqdirlandi.

Taekvondo sporti bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi ilk kumush medal sohibasi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi kichik serjant Svetlana Osipovaga ham boshlang‘ich ofitserlik «leytenant» harbiy unvoni topshirildi. Bundan tashqari, u «To‘maris» ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlandi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishdagi faolligi hamda xamkorligi uchun Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi o‘qituvchi treneri – Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xan Pavel Afanasevich ikki xonali uy bilan;

-57 kg vazn toifasida boks sporti bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi sportchisi – oddiy askar Turdibekova Sitora Shavkat qizi «To‘maris» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Boks federatsiyasi bosh murabbiyi Qilichev To‘lqin Maxmurovich, boks bo‘yicha ayollar Bosh murabbiyi Rasulov Elshod Yunusovich, Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi o‘qituvchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Xasanov Akmal Yo‘ldashevich mudofaa vazirining «Malakali ustoz» ko‘krak nishoniga munosib ko‘rildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring