Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi poytaxtliklarga «Ford tranzit»lar xizmat ko‘rsatadi (video, foto)

12-may kuni Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga 50 dona tez tibbiy avtotransporti topshirildi. Tantanali marosimda AKT vazirining o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev, Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov va Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevlar qatnashdi.

«O‘zbekiston prezidentining «Tez tibbiy yordam sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarori asosida Xitoy bilan 2021-yilda shartnoma imzolanib, 80 ta «Ford tranzit» rusumli tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini yetkazib berish vazifasi bizning korxonaga yuklatilgan edi», — dedi «O‘ZIMPEKSALOQA» MChJ direktori Sarvar Ergashev.

Shu kabi transport vositalari 2019-yilda ham olib kelingan edi. Bu safargi avtomobillar oldingilariga nisbatan modifikatsiya qilingan va iqlimimizga moslashtirilib, kamchiliklari to‘g‘rilangan. Masalan, kuzov qismi, shinalari o‘zgartirilgan. Eng so‘nggi turdagi tez tibbiy yordam uskunalari bilan jihozlangan.

Prezident yaqinda videoselektorda ta’kidlaganidek, 2022-yil yakuniga qadar maxsus tez tibbiy yordam mashinalari sonini 890 ta  yetkazishimiz kerak. Keyingi yildan boshlab har yili 450 tadan maxsus avtotransport vositasini yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi, dedi Sarvar Ergashev.

Zamonaviy tez yordam mashinalari «Henan Costar Group Co. Ltd» (XXR) kompaniyasi va AKT vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, «O‘ZIMPEKSALOQA» MChJ  o‘zaro  hamkorligi doirasida keltirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring