Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona viloyati FVBga rahbar tayinlandi

Farg‘ona viloyati FVBga rahbar tayinlandi

Foto: FVB

Qo‘chqorov Ilhomjon Abdubasirovich Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tayinlov Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev hamda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat favqulodda vaziyatlar tizimi vakillariga e’lon qilindi.

Ilhomjon Qo‘chqorov 1981-yil Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2002-yil Farg‘ona davlat universitetini, 2014-yil Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.

2004-2022-yillar davomida Farg‘ona, Xorazm, Sirdaryo va Namangan viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar viloyat  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring