Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV zilzilalar bo‘yicha yangi murojaat bilan chiqdi

FVV zilzilalar bo‘yicha yangi murojaat bilan chiqdi

FVV zilzilalar bo‘yicha yangi murojaat bilan chiqdi. 

«Hurmatli hamyurtlar, bugun ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor zilzila ro‘y berishi mumkinligi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalib, uning manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy veb-sayti ko‘rsatilgan.

«7-9 balli zilzila ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxati» FVV tomonidan e’lon qilinmadi.

Aholimizni sarosimaga tushmaslikka va feyk xabarlarga ishonmaslikka chaqirib qolamiz.

Bugungi kunda zilzilaning vaqti va joyini aniq belgilab beruvchi texnologiya yo‘qligini eslatib o‘tamiz», deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududida 5 ballgacha yer silkinishlari kuzatildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring