Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqobat qo‘mitasi «Ipotekabank»ni jarimaga tortdi

Raqobat qo‘mitasi «Ipotekabank»ni jarimaga tortdi

Raqobat qo‘mitasi«Ipotekabank»ni jarimaga tortgani ma’lum bo‘ldi. 

Qo‘mita «Instagram» ijtimoiy tarmog‘idagi «IPOTEKABANK» ATIB sahifasida bank tomonidan joriy qilingan «Super» nomli omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 26 foizdan ekanligi haqida joylashtirilgan reklamaning qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari borilayotganligini ma’lum qilgan edi.

Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mitaning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyasi «IPOTEKABANK» ATIB tomonidan nomaqbul (noto‘g‘ri) reklamaga yo‘l qo‘ygan deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Ma’lumot o‘rnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyasiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring