Kitobxon askarning xizmat muddati bir oyga qisqartirilishi mumkin
Parlament Quyi palatasi majlisida «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda.
Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tashning nufuzi va jozibadorligini oshirish, malakali harbiy kadrlarni tayyorlash hamda ularning salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan.
Hujjat bilan oliy harbiy ta’lim muassasalari, shuningdek, xorijiy oliy harbiy ta’lim muassasalarining uchuvchi mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilari bilan yangi kontrakt tuzishning huquqiy asoslarini belgilash taklif etilmoqda.
Shuningdek, respublika kitobxonlik tanlovida yuqori natijalarga erishgan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddatini bir oyga qisqartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritish ko‘zda tutilgan.
Muhokama davomida ta’kidlanishicha, ushbu rag‘batlantirish chorasi harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter