Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablar bilan hamkorlikda yangi lavozim joriy etiladi

Maktablar bilan hamkorlikda yangi lavozim joriy etiladi

«Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (212-son, 26.04.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida maktablar bilan hamkorlikda xizmat qiladigan katta inspektor lavozimi joriy etildi (umumiy shtatlar doirasida).

Qarorga ko‘ra, maktablarda ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi «Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi» klubi hamda «Yashil chiroq» musobaqasi tashkil etiladi.

2022-yil 1-sentyabrdan «Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi» shiori ostida bog‘cha tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilarga yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-ko‘rgazmali o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

Qaror bilan «Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi» klubini tashkil etish va «Yashil chiroq» musobaqasini o‘tkazish tartiblari tasdiqlandi.

 Klubga 9-11-sinf o‘quvchilari a’zo bo‘lishi mumkin.

«Yashil chiroq» musobaqasi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring