Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada ikki oydan buyon komada yotgan o‘zbekistonlik talaba haqida ma’lumot berildi

Moskvada ikki oydan buyon komada yotgan o‘zbekistonlik talaba haqida ma’lumot berildi

Foto: Google.com

Avgustdan buyon Moskva shahridagi 67-son shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida komada yotgan Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi, O‘zbekiston fuqarosi O‘lmasxon Baxronovning sog‘ligi holati to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi mazkur masala doimiy nazoratda ekanini ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli talaba O‘lmasxon Baxronov Moskva shahridagi kasalxonaga burnidan qon oqib borgan va biroz vaqt o‘tgach, odatiy palatadan reanimatsiya bo‘limiga olingan edi. Shundan so‘ng u koma holatiga tushib qolgani xabar qilingan edi.

Elchixona tomonidan bemorning ota-onasi, uni davolayotgan shifokorlar va tibbiyot muassasasi ma’muriyati bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda anesteziologiya, reanimatologiya va otorinolaringologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring