Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musulmon olamidan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda

Musulmon olamidan Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelmoqda

Butun musulmon olami uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Maktublarda xorijiy hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekiston Prezidenti va ko‘p millatli xalqiga chuqur hurmat-ehtirom bildirilib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy     

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev

Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon      

Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said       

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos 

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said 

Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Islom hamkorligi tashkilotining bosh kotibi Yusuf al Usaymin 

Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur

Misr Bosh imomi, Al-Azhar universiteti rahbari Shayx Ahmad Muhammad at-Tayyib.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring