Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilarning sha’nini e’zozlash va ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi

O‘qituvchilarning sha’nini e’zozlash va ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 5-fevral kuni Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida ushbu farmonning mazmun-mohiyati xususida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazilgani va unda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov hisobot bergani haqida ma’lum qilgan edik.

Vazirning aytishicha, o‘qituvchilarning sha’ni, obro‘si, olayotgan maoshi ham hozirgi kunda ularning kasbiga jiddiy yondashishi uchun o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ushbu muammoni hal etish uchun ayni paytda jamiyatda o‘qituvchilarning sha’ni va obro‘sini e’zozlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi tayyorlangan.

Ushbu qarorda chekka hududlardagi, qishloqlardagi o‘qituvchilar uchun imtiyozlar, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, uy-joylar bilan ta’minlash, sha’ni va obro‘sini oshirish nazarda tutiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring