O‘zbekiston COP31 konferensiyasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov raisligida O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiyada bo‘lib o‘tadigan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlarining 31-konferensiyasi (COP31)da ishtirok etishiga tayyorgarlik doirasida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekistonning yirik xalqaro iqlim konferensiyasiga har tomonlama tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, ishtirokchilar quyidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar:
🔹 O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi sohasidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlari va tashabbuslari;
🔹 milliy loyihalar va erishilgan natijalarni taqdim etish;
🔹 delegatsiya tadbirlari va ishbilarmonlik dasturini tayyorlash;
🔹 xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
🔹 mamlakat ishtirokini axborot va media jihatdan yoritish.
Yig‘ilishda O‘zbekistonning iqlim tashabbuslari, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy chora-tadbirlari, shuningdek, global iqlim maqsadlariga erishishga qo‘shayotgan hissasini xalqaro hamjamiyatga keng tanishtirish imkonini beradigan yagona kommunikatsiya kun tartibini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda kelgusidagi vazifalar va hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
COP31 konferensiyasi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonning iqlim kun tartibidagi tashabbuslarini xalqaro miqyosda ilgari surish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter