Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda zo‘rlikda ayblanib, 3 oydan beri qamoqda qolmoqda

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda zo‘rlikda ayblanib, 3 oydan beri qamoqda qolmoqda

Sirdaryo viloyatiga oid xabarlar tarqatuvchi «Sirdaryo xabarlari» kanalida quyidagi mazmundagi xabar e’lon qilindi.

«Qozoq do‘stlarim biridan xabar keldi. Almati shahriga yaqin Talg‘ar degan tumanda O‘zbekistondan may oyida ish izlab kelgan Xolmirzayev Erkin Norbo‘tayevich degan 40-45 yoshli kishini 3 oydan beri qamoqda tutib turishmoqda. Zo‘rlashda aybdor qilishayotganmish. Uzoq yillik qamoqqa mahkum qilishlari mumkin deyishayapti.

U yigit Sirdaryo viloyatining Guliston shahridan. Qozog‘istonda hech kimi yo‘q. Elchixonadan umuman yordam berishmayotganmish. Qarindosh-urug‘lariga telefon qilishiga ruxsat berishmayotgan ekan. Shu xabarni tarqatib yuboraylik, zora yigitning yaqinlariga xabar yetib borsa yoki elchixonadagilar sal harakatga tushishsa».

Shuningdek, ushbu masala yuzasidan adliya boshqarmasi va prokuraturaga murojaat qilingan va ushbu tashkilotlar javob kutishmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring