O‘zbekiston, Qozog‘iston va BAA yangi temir yo‘l yo‘nalishini ishlab chiqadi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Birlashgan Arab Amirliklari Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston (CASA) temir yo‘l yo‘nalishini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Bu bo‘yicha uch davlatning tegishli vazirliklari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Loyiha Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida transport bog‘liqligini kuchaytirish, Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini yaratish, shuningdek, xalqaro yuk tashish, savdo, logistika va investitsiya hamkorligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Memorandum doirasida tomonlar texnik va iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazadi, zarur temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlarini baholaydi.
Shuningdek, loyihaning texnik, iqtisodiy va moliyaviy masalalarini batafsil ishlab chiqish uchun maxsus ishchi guruh tuzish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter