Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etdi

Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori Azizov Mirza Mamadjonovich bugun 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi.

Mirza Azizov yuksak darajadagi musiqali teatr aktyori sifatida “Yusuf va Zulayho”da Fir’avn, “Farhod va Shirin” da Bahrom, “Nodirabegim” musiqali dramasida Madalixon, “Alpomishning qaytishi” spektaklida Alpomish obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan edi.

Xabar.uz sayti Mirza Azizovning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring