Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda kema haydovchilarini tayyorlash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda kema haydovchilarini tayyorlash tartibi belgilandi

«Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (421-son, 04.07.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

  • Transport vazirligi – I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar bo‘yicha;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi – kichik hajmli kemalar bo‘yicha;
  • Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari – o‘ziga tegishli I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar hamda kichik hajmli kemalar bo‘yicha;
  • I, II va III guruhlarga kiruvchi kemalar va (yoki) kichik hajmli kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat bo‘yicha berilgan lizenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ham amalga oshiriladi.

Qaror bilan Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda kema haydovchisi guvohnomalarini berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Talabgor kema haydovchisi guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar (test sinovlari, suhbat (bilet asosida), kemani boshqarish bo‘yicha amaliy imtihon) topshiradi.

Imtihonlar natijalari bo‘yicha talabgorlarga kema haydovchisi guvohnomalari beriladi.

Guvohnomalar vakolatnoma (ishonchnoma) bilan berilmaydi hamda u berilgan kundan boshlab 10 yil muddatga amal qiladi.

Qarorga muvofiq, avval berilgan kema haydovchisi guvohnomalari 2020 yil 31 dekabrga qadar haqiqiy hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring