Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklarni haqorat qilgan shaxs rossiyalik emasligi aytildi

O‘zbekistonliklarni haqorat qilgan shaxs rossiyalik emasligi aytildi

Foto: Rossiya FXX

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Litva maxsus xizmatlari nazoratidagi kanalda e’lon qilingan videoda o‘zini rus sifatida ko‘rsatgan shaxs aslida ukrainalik bo‘lgan. Videoda o‘zbeklar kurakda turmas so‘zlar bilan haqorat qilingan edi.

Aytilishicha, maqsad Rossiyaning MDH davlatlari bilan sheriklik munosabatlariga putur yetkazish bo‘lgan. Kuch ishlatar tuzilmalar tekshiruv o‘tkazib, internetda «go‘yoki rossiyalik fuqaro nomidan o‘zbek millati vakillari haqida millatchilikka asoslangan shovinistik fikrlar bildirgan» shaxsni aniqlashgan.

O‘zbeklarni haqoratlagan shaxs — Ukraina fuqarosi Nikolay Nikolayevich Kochmarik, 1984-yilda Nikolayev viloyatida tug‘ilgan, hozirda Ukraina hududida yashaydi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring