Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» kunlar qachon isishi mumkinligini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» kunlar qachon isishi mumkinligini ma’lum qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, yangi haftada ob-havo asta-sekin isishni boshlaydi.

12-13-dekabr kunlari kuz-qish mavsumi uchun birinchi eng sovuq haroratlar kuzatilishi mumkin.

14-dekabr kunidan boshlab haroratlar asta-sekin ko‘tarilib boradi.

Hatto janubiy viloyatlarda kunduz kuni havo harorati +13 darajagacha, shimolda +0 daraja, boshqa viloyatlarda +5 darajagacha iliq haroratlar bo‘lishi kutilmoqda.

12-14-dekabr kunlari uchun yog‘inlar 12-dekabrda asosan qor ko‘rinishida bo‘lishi aytilgan.

13-14-dekabr kunlari esa havo ochiq, yog‘insiz quruq izg‘irin bo‘lishi prognoz qilingan.

Oldinroq 9-14-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi, havo harorati 12-14-dekabr kunlari kechasi -10...-13 daraja, kunduzi -5...-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechasi -17...-20 daraja, kunduzi -9...-12 daraja sovuqqacha pasayishi ma’lum qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring