Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha shoshilinch xabar e’lon qildi

«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha shoshilinch xabar e’lon qildi

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, joriy yilning 12-15-dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.

12-14-dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘ oldi tumanlarda 12-13-dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo haroratini me’yordan 8-10° pasayishi kutilmoqda.

13-15-dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqqacha, shimolda kechalari 7-12° sovuqqacha, ba’zi joylarda 14-16° sovuqqacha, kunduz kunlari 3° sovuq 2° iliqqacha pasayadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring