Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryodagi o‘rmonda 200ga yaqin noyob tog‘ archalari kesilgan

Qashqadaryodagi o‘rmonda 200ga yaqin noyob tog‘ archalari kesilgan

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yil 23 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyat davlat o‘rmon xo‘jaligining «Qiziltom» o‘rmon bo‘limi hududlarida o‘rmon qoidabuzarliklariga qarshi kurashish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi mutasaddilarining o‘z ishiga e’tiborsizligi hamda mas’uliyatsizligi oqibatida qator qonun buzilish holatlari sodir etilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilib o‘tdi.

Xususan, o‘rmon xodimi Bozor Shaymurodov bilan birgalikda Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi «Qiziltom» o‘rmon bo‘limi hududlari ko‘zdan kechirilganda jami 101 (bir yuz bir) tup turli diametrdagi zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesib taxlab qo‘yilganligi, shundan: mahalliy nomi «Zardolisoy» massivida 16,1-20 sm.lik 30 tup, 20,1-24 sm.lik 12 tup tabiiy o‘sgan zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesilganligi, mahalliy nomi «Almardon» bo‘lgan massivda 16,1-20 sm.lik 19 tup, 12 sm.lik 7 tup zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesib, tana qismini archib, yog‘och qilib tayyorlab qo‘yilganligi, mahalliy nomi «Sho‘rbuloq» massivining yuqori qismida 8,1-12 sm.lik 15 tup, 12,1-16 sm.lik 18 tup zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesib, yog‘och qilib tayyorlab qo‘yilganligi holatlari aniqlangan va bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2014 yildagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘simlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 14-ilovasiga asosan tabiatga, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 129228500 so‘mni tashkil qildi.

Yuqorida aniqlangan holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilish uchun rasmiylashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring