Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda «Energosavdo» bo‘limi muhandisi ushlandi

Samarqandda «Energosavdo» bo‘limi muhandisi ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Toyloq tumanida ETK xodimi ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda o‘tkazildi.

Unda «Energosavdo» Toyloq tuman bo‘limi muhandisi P.M. fuqaro M.E. ga qo‘llanilgan 20 mln so‘mlik jarimani yo‘q qilib berish hamda yangi elektr hisoblagichni o‘rnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring