Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat ovoz yig‘ishga majburlov holatini o‘rganishni boshladi

Senat ovoz yig‘ishga majburlov holatini o‘rganishni boshladi

Foto: «Xabar.uz»

«Tashabbusli budjet»ga ovoz yig‘ish uchun xodimlar majburiy jalb qilinayotgani holati o‘rganilmoqda. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

«Tashabbusli budjet» loyihasi davlat budjetining shakllanishi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayoniga aholini faol jalb etish hamda joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan qisqa davr mobaynida ushbu loyiha doirasida joylarda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois bugungi kunda mazkur jarayon ommalashib bormoqda.

Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda  «Tashabbusli budjet» uchun ayrim soha vakillarining ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilinganligi holatlari keng muhokama qilinmoqda.

Shu munosabat bilan mazkur masala Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda. Natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan yoki mazkur holatdan xabardor bo‘lgan yurtdoshlarimizni mk@senat.uz, «1176» hamda «1092» raqamli «ishonch telefon»lariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Murojaat tezkorlik bilan o‘rganilib, zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor qilinmasligi kafolatlanadi, — deyilari Senat xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring