Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev «Afsonalar vodiysi»da aholi bilan uchrashdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev «Afsonalar vodiysi»da aholi bilan uchrashdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Namangan shahridagi «Afsonalar vodiysi» madaniyat va istirohat bog‘i hududi 155 gektar. Mazkur dam olish maskanida 123 million dollarga teng loyiha amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida ushbu istirohat bog‘ida bajarilgan ishlar bilan tanishdi, dam oluvchilar bilan muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari 2018 yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida «Afsonalar vodiysi» madaniyat va istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishgan va uni eng zamonaviy talablar asosida barpo etish zarurligini ta’kidlagandi. O‘tgan yilgi tashrifi doirasida qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, uni tez va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.

Shu davr mobaynida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Hozirda qisman ishga tushirilgan madaniyat va istirohat bog‘i to‘liq foydalanishga topshirilsa yiliga 600 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Ayni paytda 16 turdagi attraksionli tematik park, 2400 o‘rinli amfiteatr, 7 xil suv attraksionlari va 16 ta basseynli akvapark, 2 ta zamonaviy sharshara va musiqali favvora, 3 ta restoran, 1800 o‘rinli 2 ta avtoturargoh tashkil etilgan. 2022 yil mart oyiga qadar milliy hunarmandlar markazi, masjid, 400 o‘rinli mehmonxona, 110 ta villani ishga tushirish rejalashtirilgan.

1 ming 500 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bu maskanda bugungi kunda 600 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda.

– Ikki yil oldin mana shu bog‘ loyihasi bilan tanishib, unga «Afsonalar vodiysi» deb nom berishni taklif qilgandim. Nomiga munosib  bo‘libdi. Mamlakatimizda bu kabi zamonaviy dam olish maskanlarini hali ko‘plab barpo etamiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring