Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunga imzo chekdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Ekologik audit to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–678-son, 15.03.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti va ekologik audit buyurtmachisi o‘rtasida tuziladigan, ekologik audit o‘tkazish muddatlari va boshqa shartlari belgilanadigan shartnoma asosida o‘tkaziladi.

Ekologik audit sub’yektining faoliyati tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan bir yil davomida tekshirilmaydi.

Ekologik audit ixtiyoriy yoki majburiy shaklda o‘tkazilishi mumkin.

Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish xavfi kam bo‘lgan yoki unchalik kam bo‘lmagan (lokal ta’sirga ega) ekologik audit sub’yektlarining faoliyatiga nisbatan ekologik audit ixtiyoriy tartibda o‘tkaziladi.

Atrof-muhitga yuqori va o‘rtacha ta’sir ko‘rsatish xavfiga ega bo‘lgan ekologik audit sub’yektlari har yilgi majburiy ekologik auditdan o‘tkazilishi lozim.

Qonunga ko‘ra, ekologik auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida mustaqildir.

Ekologik auditorlik xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat ekologik auditorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi.

Ekologik auditorlik tashkilotlari Davlat xizmatlari agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Ekologik auditorlik tashkilotlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring