Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor tishlar uchun eng zararli bo‘lgan mahsulot nomini aytdi

Shifokor tishlar uchun eng zararli bo‘lgan mahsulot nomini aytdi

Muntazam konfetlar iste’mol qilish tishlar uchun eng zararli bo‘lishi mumkin. Bu haqda stomatolog Vyacheslav Minko ma’lumot berdi. 

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, konfet so‘rishda shakar moddasi uzoq vaqt davomida tishlarga zararli ta’sir ko‘rsatadi.

«Agar siz karamellarni tishlasangiz, o‘tkir qirralari milklaringizni shikastlashi yoki emalni tirnashi mumkin. Yong‘oqlar, urug‘lar, krakerlar, quritilgan mevalar emalga zarar etkazishi mumkin», - deb tushuntirdi shifokor.

Shakarli gazlangan ichimliklar ham tishlarga zararli. Ammo ularni naycha orqali orqali ichsangiz, zarari kamroq bo‘ladi.

Bundan tashqari, yangi siqilgan sharbatlar va sitrus mevalari tish emaliga foydali emas, chunki ular tarkibida juda ko‘p kislotalar mavjud. Shifokor, shuningdek, kofeni ortiqcha iste’mol qilishdan ogohlantirdi, deb yozadi News.ru.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring