Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suriya shimoli-sharqidagi lagerlarda minglab ayollar va bolalar o‘zboshimchalik bilan hibsga olingan — Ni Aolayn

Suriya shimoli-sharqidagi lagerlarda minglab ayollar va bolalar o‘zboshimchalik bilan hibsga olingan — Ni Aolayn

BMT mutaxassisi ayollar va bolalarning o‘choqli hududlardan qaytishini olqishlab, islohotlarni yanada kuchaytirishni tavsiya qildi. Bu haqda bugun, 7-dekabr kuni BMTning inson huquqlari bo‘yicha mutaxassisi OAV vakillari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Fionnuala Ni Aolayn O‘zbekiston hukumatining Suriya, Iroq va Afg‘onistondan ayollar va bolalarni qaytarish va ularni reintegratsiyalashishi bo‘yicha chora-tadbirlarini yuksak baholadi.

«Ozodlikdan mahrum qilishda himoya, o‘z fikrini emin-erkin ifoda qilish, qiynoqlar qo‘llanilishidan ozod bo‘lish, diniy erkinlik va e’tiqod qilish huquqini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish kerak. Men mamlakatda 2019-yil may oyidan boshlab hukumat tomonidan yuzlab ayollar va bolalarni Suriya hamda Iroq va Afg‘onistondagi jang maydonlaridan olib chiqib ketish va reintegratsiya qilish bo‘ycha amalga oshirgan Mehr operatsiyalarini yuqori baholayman», — dedi Ni Aolayn.

Bu borada O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlarni o‘rnak qilib ko‘rsatsa arziydi, deya qo‘shimcha qiladi mutaxassis. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat o‘z fuqarolarini urush o‘choqlaridan qaytarib olib kelish bilan birgalikda, ularga huquqiy, diniy, ijtimoiy hamda madaniy erkinliklar bergani tahsinga sazovor. Qator mamlakatlarda bu kabi ishlarda sustkashlik kuzatilmoqda. Ayrim mamlakatlar o‘z fuqarolarini bu borada himoyasiz tashlab qo‘ygan.

«Oila birligi va jamiyatni qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan o‘zbek modeli repatriatsiya qilish, bolaning manfaatini ko‘zlash va siyosiy, huquqiy va ijtimoiy harakatlar markazida o‘choqli hududlardan qaytgan ayollarni samarali reintegratsiya qilish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotning namunasidir», — dedi Ni Aolayn xonim.

Suriya shimoli-sharqidagi lagerlarda minglab ayollar va bolalar o‘zboshimchalik bilan hibsga olingan. BMT mutaxassislari yashash sharoiti va muomala masalasida ular zo‘ravonlik, inson ekspluatatsiyasi, tahqirlash va mahrumlikka duchor bo‘lishlarini aytishmoqda. Bu, o‘z navbatida, xalqaro huquq normalariga ko‘ra hech qanday huquqiy himoyasiz qiynoqqa solish yoki boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki kamsituvchi munosabat, jazoga tortilishga tenglashadi.

Shuningdek, u hisobdorlik va shaffoflik hozirgi islohotlar harakatlarini mustahkamlashi va chuqurlashtirishini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring