Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi

Taniqli jurnalist Abdurauf Qorjovov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, uzoq yillar davomida O‘zbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan Abdurauf Qorjovov 68 yoshida vafot etdi.

Abdurauf Qorjovov 1956 yil 21 sentyabrda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tavallud topgan. 1981 yilda Toshkent davlat universiteti – hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. 

O‘z mehnat faoliyatini «O‘zbekiston ovozi» gazetasida dastlab musahhih, keyinroq esa muxbirlikdan boshlagan.

Abdurauf Qorjovov 1992-2019 yillar davomida O‘zbekiston teleradiokompaniyasining muxbiri, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir, direktor o‘rinbosari, «O‘zbekiston 24» teleradiokanali bosh muharriri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2020 yildan buyon «Yangi O‘zbekiston» gazetasida ishlayotgandi.

Xabar.uz jamoasi marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring