Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanlov! Beshta noutbukdan birini yutib oling!

Tanlov! Beshta noutbukdan birini yutib oling!

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qiladi.

Tanlovning maqsadi ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalangan holda milliy armiyamiz nufuzini oshirish, Qurolli Kuchlar safida konstitutsiyaviy burchini ado etayotgan yigitlarimiz, ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shishdan iborat.

Tanlov 5 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish g‘olibi tanlovimiz hamkorlari — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori tomonidan zamonaviy noutbuk bilan taqdirlanadi.


1-yo‘nalish sharti:

a) ishtirokchilar bayramga bag‘ishlab, original tabrik yozishlari (tabrik matniga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib ketishlari);

b) «Xabar.uz»ning «Facebook»dagi sahifasini yoqtirishlari («Нравится» tugmasini bosish), sahifaga obuna bo‘lishlari («Подписаться» tugmasini bosish) kerak.

«Xabar.uz»ning «Facebook»dagi sahifasida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tabriklar uchun maxsus post tashkil etildi. Unga o‘tish uchun mana bu havolani bosing! 

Tanlov ishtirokchilari ushbu postni o‘z sahifalarida sheyr qilishlari va original tabriklarini izohga yozib qoldirishlari kerak. G‘olib bitta bo‘ladi va u random (tasodifiy tanlash) usuli orqali aniqlanadi. Ishtirokchilar barcha shartlarni bajarishi lozim, aks holda ularning ishtiroki hisobga olinmaydi.


2-yo‘nalish sharti:

a) ishtirokchilar 14- yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab original tvit yozishlari (tvit matniga @xabaruzofficial, #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib ketishlari);

b) «Xabar.uz»ning «Twitter»dagi sahifasiga a’zo bo‘lishlari (follow) kerak.

Eng ko‘p tarqalgan (retweet) tvit muallifi g‘olib deb topiladi. Tanlov yakunlangan vaqtda (15-yanvar, soat 15 00) hakamlar hay’ati eng ko‘p tarqatilgan (retweet) tvit muallifini aniqlab, uning shartlarni to‘liq bajarganini tekshirishadi (retvitlar haqiqiy yig‘ilganmi yoki bot va spamlardan iboratmi, e’tiborga olinadi) va shunga asosan g‘olib nomini e’lon qilishadi. Ishtirokchilar barcha shartlarni bajarishi lozim, aks holda ularning ishtiroki hisobga olinmaydi.


3-yo‘nalish sharti:

Mazkur yo‘nalish «Telegram»dagi kanallarning ma’mur (admin)lari o‘rtasida o‘tkaziladi. Shartlar quyidagicha:

a) har bir ishtirokchi o‘zining «Telegram»dagi kanalida «Xabar.uz»ning «Telegram» kanali (@xabaruzofficial)ga o‘tish taklif qilingan original post e’lon qilishi (post matniga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib ketishi);

b) ushbu postga kanalning quyidagi linklarini joylashi kerak:

https://t.me/xabaruzofficial

https://t.me/joinchat/AAAAAE6kMk4Fa6cYxBJxbQ

Qaysi post eng ko‘p ko‘rilgan va tarqalgan bo‘lsa, tanlovning so‘nggi daqiqasida hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rishlar soni bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan kanal ma’muriyati g‘olib deb topiladi.


4-yo‘nalish sharti:

a) ishtirokchilar 14 -yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan, bayram ruhi aks etgan o‘zlarining yoki oila a’zolarining fotosuratlarini ulashishlari (fotosuratlarga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib yozishlari);

b) «Xabar.uz»ning «Facebook»dagi sahifasini yoqtirishlari («Нравится» tugmasini bosish), sahifaga obuna bo‘lishlari («Подписаться» tugmasini bosish) kerak.

Fotosuratlar tanlovi uchun alohida post tashkil etildi. Unga o‘tish uchun mana bu havolani bosing! 

Tanlov ishtirokchilari ushbu postni o‘z sahifalarida sheyr qilishlari va suratlarni ushbu postga izoh sifatida qoldirishlari lozim.

«Facebook»da akkaunti bo‘lmaganlar ham tanlovda qatnashishlari mumkin. Buning uchun «Telegram»dagi rasmiy sahifamizga a’zo bo‘lishlari hamda «QK26 FOTOLAR» guruhiga tanlov uchun olingan suratlarni joylashlari (fotosuratlarga #xabaruz, #QK26 heshteglarini qo‘shib yozishlari) kerak.

Hakamlar hay’ati kelib tushgan suratlar orasidan eng chiroylisini aniqlaydi va uning muallifini g‘olib deb e’lon qiladi.

Ishtirokchilar barcha shartlarni bajarishi lozim, aks holda ularning ishtiroki hisobga olinmaydi.


5-yo‘nalish shartlari:

a) tanlov ishtirokchisi «Instagram»da «Xabar.uz»ning rasmiy sahifasini belgilab, bayram uchun maxsus yozilgan tanlov postini repost qilishi va ushbu postga eng ko‘p layk yig‘ishi;

b) «Xabar.uz»ning «Instagram»dagi sahifasiga a’zo bo‘lishi (following) kerak

Eng ko‘p layk yig‘gan ishtirokchi (15-yanvar, soat 18 00gacha) yo‘nalish g‘olibi deb topiladi. Ishtirokchilar barcha shartlarni bajarishi lozim (layklar haqiqiy yig‘ilganmi yoki bot va spamlardan iboratmi, e’tiborga olinadi), aks holda ularning ishtiroki hisobga olinmaydi.


Tanlov natijalari 2018- yilning 18-yanvar kuni soat 18:00 da e’lon qilinadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan g‘olib aniqlanadi va u noutbuk bilan taqdirlanadi. Taqdirlash marosimi tashkilotchilar tomonidan belgilangan kuni «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali tahririyati binosida o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring