Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushiriladi

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushiriladi

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK axborot xizmati xabar berdi

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘lining II bosqichi doirasidagi Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlarida belgilangan texnik sinov ishlari olib borilayotgani xususida xabar berilgan edi.

Mazkur sinov jarayonlari muvaffaqiyatli o‘z yakuniga yetkazildi va ushbu bekatlar joriy yilning 11 mart sanasidan boshlab ertalabdan odatiy reja asosida yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Bundan tashqari, yo‘lovchilarga qulay xizmat ko‘rsatish uchun metro vagon parklariga so‘ngi vaqtlarda 24 ta metro vagoni olib kelingan bo‘lsa, bugun yana 12 ta metro vagoni Toshkent shahriga kirib keldi. Shuningdek, may oyi so‘ngiga qadar yana 20 ta zamonaviy metro vagonlari olib kelish ham rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring