Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchtepadagi qurilish bozorida yong‘in ro‘y berdi

Uchtepadagi qurilish bozorida yong‘in ro‘y berdi

Videodan kadr.

Toshkentdagi «Izza» qurilish bozorida yong‘in ro‘y berdi. 

21-fevral soat Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Qovunchi ko‘chasida joylashgan qurilish maxsulotlari sotish bozorida yong‘in solir bo‘lganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.

Yong‘in joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov yetib borgan. 

Yong‘in natijasida bozor hududidagi 200 kv.m maydonda joylashgan rom va eshik mahsulotlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning yong‘inni tezkorlik bilan bartaraf etishi natijasida bozorning 2000 kv.m maydoni saqlab qolindi. 

Ta’kidlash joizki, joriy yilning 16-fevral kuni mazkur bozor Davlat yong‘in nazorati organi tomonidan tegishli tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarining bir qator buzilish holatlari aniqlangani sababli, kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar bozorning ish faoliyati to‘xtatilib, 3 kun muddatga elektr ta’minotidan uzilgan. 

Bozor ma’muriyati tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kafolat xati taqdim etgan. Biroq, afsuski, ushbu qoidabuzarliklar o‘z vaqtida to‘liq bartaraf etilmagani oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring